O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o’qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari natijalari bo’yicha tanlov o’tkazish tartibi

✅ Test sinovlari natijalari bo’yicha tanlov o’tkazish bosqichlari quyidagilardan iborat:

1️⃣-bosqich: olimpiada, tanlov, musobaqa g’olibi yoki davlat mukofoti sohibi;
2️⃣-bosqich: olis cho’l hududi;
3️⃣-bosqich: nogironligi bo’lgan shaxs;
4️⃣-bosqich: harbiy xizmatchi farzandi;
5️⃣-bosqich: IIV organi xodimi farzandi;
6️⃣-bosqich: chin yetim;
7️⃣-bosqcih: harbiy tavsiyanoma;
8️⃣-bosqich: davlat buyurtmasi parametrlari.

Tavsiya – tanlov o’tkazish bosqichlari ketma-ketligida tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida ballar reytingi bo’yicha amalga oshiriladi.

Davlat grantining quyi chegarasi 68,0 ball (nogironligi bo’lgan shaxslar uchun 56,7 ball).

To’lov-kontraktning quyi chegarasi 56,7 ball.

Manba: Davlat test markazining rasmiy telegram kanali:
? @rasmiydtm

Foydali havolalar