Barchangizga ma`lum, “Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 muhim tashabbus”ning ikkinchi yo‘nalishi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyish qilish”lari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan.
Mazkur tashabbusda ko`zda tutilgan vazifalar, shuningdek, o‘zbek filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yetakchisining 2019-2020-yillarga mo`ljallangan ish rejasining 13 bandida: “Bir murabbiyga 100 shogird” doirasida sport musobaqalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbek filologiyasi fakultetida 2019-yilning 5-noyabr sanasida qizlar o`rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalar bo`lib o‘tdi. Voleybol musobaqasida: 3-bosqich talabalarining “Chaqqonlar” jamoasi I o`rin, 2-bosqich talaba qizlarining “To`maris” jamoasi (o`tgan o`quv yilida ushbu jamoa universitet bosqichida I o‘rinni egallagan edi) II o`rinni, qozoq tili ta`lim yo‘nalishining “Epchillar” jamoasi qizlari III o`rinlarni qo`lga kiritishdi.
G`olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.
Bahriddin Abdulamitov,
O‘zbek filologiyasi fakulteti Yoshlar
ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yetakchisi.
