«MASTER KLASS» AMUDARYODA!

2020 yil 20 yanvarda Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb-hunar koʻllejida «master klass» oʻtkazildi. Kollej oʻquvchi va oʻqituvchilari ushbu master klassda jamuljam boʻlishdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi dotsenti Adilbay Davletmuratov «Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari» mavzusida kollej oʻquvchi va oʻqituvchilariga master klass oʻtkazdi va jarayon davomida mamlakatimizda oxirgi ikki yillikda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar va yoʻnalishlari hamda natijalari toʻgʻrisida nazariy va statistik maʼlumotlar berdi.

Uneversitetdan huquqshunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi Dusenbay Saparov ham oʻz chiqishida  «Demokratik hayot tarzi» mavzusida Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilgan oxirgi saylovlar xalqning, siyosiy ongining oʻsayotganligi koʻrsatib berdi,saylovlar jarayonida saylovoldi targʻibot tadbirlarining,debatlar va press-klublarning mohiyati toʻgʻrisida oʻquvchilarga maʼlumot berdi.

Kollej direktori oʻrinbosari «Asalarichilik» mavzusidagi  master klass darslarni yuqori saviyada tashkil etilganligini taʼkidladi hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Uneversitetidan tashrif buyurgan dotsent hamda katta oʻqituvchilarga oʻz kollej jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Oʻquvchilar oʻrtasida master klass keng turda olib borilishi yoʻlga qoʻyildi. MASTER KLASSga marhamat!

О.Raximboev,

QDU talabasi.

 

Foydali havolalar