Xorazm viloyati, Xiva shahrida 7-8 fevral kunlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida 2 kun davomida “ISLOHOTLARDA YOSH KADRLAR SAMMITI” o‘tkazildi.
Yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bugungi kunda kelajak egalarini islohotlarda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘mak berishni maqsad qilgan sammitda Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Jizzax, Samarqand va Namangandan tashrif buyurgan 100 nafar yoshlar Xorazmda birlashdi!
?Liderlik va Notiqlik
?OAV va Jurnalistika
?Ta’limda Psixologiya
?Tadbirkorlik va Koorporatsiya kabilar Sammitning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo‘ldi.
Ishtirokchilar ikki kunlik mahorat darslarida olgan bilim va ko‘nikmalari asosida «Muammo-taklif-yechim» konsepsiyasi asosida o‘zlarining loyihalarini ishlab chiqib, taqdimot qilishdi.
Har bir ishtirokchiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xorazm viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab quvvatlash markazi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi muhri va rahbar imzosida QR-kodli sertifikatlar topshirildi. Eng faollar maxsus statuetka va diplomlar bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, men ham ular orasida borman. Qoraqalpog’istonlik delegat sifatida sammitning OAV va JURNALISTIKA yo’nalishida bevosita ishtirok etdim. Ijodiy jamoam bilan birgalikda loyihalar va qolaversa maxsus videorolik ham tayyorladik.
Rag’bat insonga kuch, matonat, shijoat beradi. Qilgan mehnatlarim munosib baholandi. “THE BEST CO CHAIR” (ENG YAXSHI SPIKER YORDAMCHISI”, ENG KO’P OVOZ OLGAN VIDEOROLIK”, “SAMMITDAGI FAOL ISHTIROKI UCHUN” kabi naminatsiyalar va sammit logotipi tushurilgan maxsus statuetka bilan taqdirlandim.
Bugungi kunda jurnalistlardan operativlik, yanada ochiqlik va shaffoflik talabi kuchaymoqda. Zero, jurnalistika faqat bugungi kun nafasi bilan yashaydi!
Dilafruz OBLOQULOVA,
Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 1- bosqich talabasi.
