DIQQAT, E’LON!

O’ZBEKİSTON RESPUBLİKASİ OLİY VA O’RTA MAXSUS

TA’LİM VAZİRLİGİ

BERDAQ NOMİDAGİ QORAQALPOQ DAVLAT UNİVERSİTETİ

«QORAQALPOQ TİLSHUNOSLİGİ» VA «QORAQALPOQ ADABİYOTİ»

KAFEDRALARİ

XABARNOMASİ

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-f-sonli Qaroriga muvofiq Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti «Qoraqalpoq tilshunosligi» hamda «Qoraqalpoq adabiyoti» kafedralari tomonidan 2020 yil 12-13 may kunlari «Hozirgi qoraqalpoq filologiyasining dolzarb masalalari» (M.Nurmuxammedov tavalludiga 90 yil to’lishi munosabati bilan) mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferentsiya o’tkaziladi.

Konferentsiyada quyidagi sho’balar faoliyat olib boradi:

  • Tilshunoslik;
  • Adabiyo

Konferentsiyada Respublikamizning talim sohasi va ommaviy axborot vositalari xodimlari, olimlar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar, shuningdek xorijiy fan va talim soha vakillari hamda boshqa qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.

Konferentsiyada ishtirok etish shartlari:

  • konferentsiyada ishtirok etish uchun sho’ba nomi ko’rsatilgan holda maqola matnini kuyidagi talablarga muvofiq tayyorlab, tilshunoslik sho’basi tursinbaev86@inbox.ru, adabiyotshunoslik sho’basi 8480@gmail.com elektron manzillari orqali 2020 yilning 10 apreliga qadar tashkiliy qo’mitaga yuborishingiz so’raladi;
  • konferentsiya materiallarini ilmiy maqolalar to’plami shaklida davlat grifi bilan nashr etish nazarda tutilgan. Qoraqalpoq tilidagi ilmiy maqolalar lotin alifbosida yozilishi lozim.

 İLMİY  MAQOLALARGA QO’YİLADİGAN  TALABLAR:

 – ilmiy maqolalar konferentsiyaning mavzusi va ko’rsatilgan yo’nalishlariga mos bo’lgan dolzarb, ilmiy tahlil qilingan va xulosalangan fikr-mulohazalarga asoslangan, tegishli takliflar keltirilgan shaklda tavsiya etilishi zarur;

  • materiallar qoraqalpoq, o’zbek, rus va ingliz tillarida berilishi mumkin;
  • ilmiy maqolalar tahrir qilingan holda A4 o’lchamli qog’ozda, yuqoridan va quyidan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm joy qoldirib taqdim etiladi. Maqolaning nomi 1 intervaldan so’ng muallif ismi-sharifi bosh harflarda yo Keyin muallifning ish joyi va lavozimi ko’rsatiladi. So’ngra 1 interval qoldirilib maqola matni 1,5 intervalli qatorlarda Times NeH Roman shriftida, 14 kegel hajmda bo’lishi kerak;
  • ilmiy maqolalar 5 betdan oshmasligi, bir nusxa qog’ozda va elektron shaklda, shuningdek muallif to’g’risidagi malumotlar (telefon raqami, pochta manzili) ko’rsatilib, tashkiliy qo’mitaga taqdim etiladi;
  • talaba va magistrantlarning maqolalari ilmiy rahbar xulosasi bilan qabul qilinadi;
  • tashkiliy qo’mita maqolalarni saralash va tahrir qilish huquqiga ega. Maqolada keltirilgan fakt va mulohazalar uchun muallif masuldir.

Manzil: Nukus shah’ri, Ch.Abdirov ko’chasi, 1 uy, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2-bino, 3 qavat. Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti, Qoraqalpoq tilshunosligi kafedrasi 317 xona, Qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi 318 xona.

 

               Masullar:

            Telefon:

Mambetkerim Kudaybergenov

(93) 920-59-88

Abadan Dosimbetova

(97) 355-27-08

Sharapatdin Xojanov

(97) 508-66-90

Allabay Tursınbaev

(93) 204-21-51 telegram

Gulbaxar Tokimbetova

(90) 593-84-80 telegram

 

Foydali havolalar