Toshkent shahrida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va TDIU hamkorligida joriy yilning 28, 29-fevral va 1-mart kunlari O‘rta Osiyo tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan Jahon iqisodiyoti va biznesi xalqaro anjumanda QQDU dan ham bir qancha talabalar ishtirok etishdi.
Mazkur anjuman 7 ta qo‘mita: BMT, Jahon Savdo tashkiloti, ECOSOC, Yevropa Ittifoqi, Jahon Banki, Jahon Turizm tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kabi tashkilotlar vakili sifatida 400 dan ortiq xalqaro va mahalliy delegatlar ishtirok etishdi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta‘lim vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, «M-FAKTOR» asoschisi – Hasan Mamasaidov, «Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi» rahbari Yuliy Yusupov va boshqa bir qancha muassasa vakillari qatnashishdi.
Qoraqalpoq davlat universitetidan o‘zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Bahriddin Abdulamitov, iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich talabasi Murat Jengisboyev, yuridika fakulteti 2-bosqich talabalari Sabur Sagatov, Sharyar Joldasovlar o‘z loyihalari va takliflari bilan Vazirlar Mahkamasi qo‘mitasida ishtirok etishdi.
«Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyot yili»da o‘tkazilayotgan bunday xalqaro anjuman yaqin oylarda o‘z samarasini beradi. Sababi bu yerda yoshlar aniq faktlarda asoslangan, real hayotda mavjud bo‘lgan muammolar va ularga yechim sifatida ishlab chiqqan loyihalarini tegishli tashkilotlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri taqdim etish imkoniga ega bo‘lishdi.
Bahriddin Abdulamitov,
O‘zbek filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi,
anjuman ishtirokchisi.
