Mamlakatimizda karantin e’lon qilinganligi sababli barcha OTMlarda talabalarga ta’til berildi va o’qishlarini masofaviy va onlayn rejimiga o’tkazildi.
Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olayotgan turkmanistonlik talabalar ham TTJda onlayn o‘qish orqali darslarni davom ettirishmoqda. Bundan tashqari, talabalar orasida bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli o‘tkazish hamda o‘z bilimlarini sinash maqsadida onlayn tarzdagi «Zakovat» o‘yinlari ham o‘tkazilmoqda.
1-sonli TTJ tarbiyachi-pedagogi Chinor Matchonova tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Zakovat» o‘yinining 1-tur o‘yini yakunlandi. Ushbu 1-tur o‘yinda matematika fakulteti 2-kurs talabasi Zubeyda Allabayeva 3-o‘rinni, turkman filologiyasi 2-kurs talabasi Mohinur Bahramova 2-o‘rinni va chet tillari fakulteti 4-kurs talabasi Maftuna Seytjanova 1-o‘rin sohibasi bo‘ldilar.
Bilimdon qizlar 1-sonli TTJ tarbiyachi-pedagogi Chinor Matchonova tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
G‘oliblarni munosib taqdirlagach 2-tur o‘yinga start berildi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun amalga oshirilayotgan ushbu o‘yinda barcha talaba-yoshlar faol ishtirok etmoqdalar.
Soxiba Yuldosheva,
Uzbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi.