Fakultetimiz talabalari ishlab chiqarish diplom oldi amaliyotida

Talaba yoshlar bilan hamnafas bo’lish, ularning fikrlari bilan qiziqish, g’oya va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash – jamiyat taraqqiyotiga birlamchi ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillardan biri sanaladi. Shunday ekan, ular bilan har qadamda yaqin va hamfikr bo’lish har bir sohada muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu jihatlarni hisobga olgan holda, Qoraqalpoq davlat  universiteti  o`quv ishlari bo`yicha prorektori  O.Duysenbaev  oliygohdagi  4-bosqich  amaliyotdagi  talabalar bilan muntazam ravishda, hech birini e’tibordan chetda qoldirmagan tarzda to’g’ridan-to’g’ri fakultetlar kesimida  uchrashuvlar o’tkazishni yo’lga qo’ydi.   Joriy yilning 27-noyabr kuni Geografiya  va tabiiy resurslar fakulteti Geodeziya kartografiya va tabiiy resurslar kafedrasi   professor o`qituvchilari dotsent S.Abdireymov  va A.Orazbaevlar amaliyot rahbarligidagi Geodeziya kartografiya va kadastr  ta`lim yo`nalishi 4-bosqich talabalari   bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi  Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi va  “O`ZDAVYERLOYIHA” instituti Qoraqolpog`iston bo`linmasiga borib amaliyotdagi talabalarining amaliyot ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqat tarzida davra suxbati o`tkazildi. Uchrashuv davomida talabalar  o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar  oldilar. Talabalar universitetdagi o’quv jarayoni, amaliyotdagi ishlari turli taklif va tavsiyalarini ilgari surib, uni amalga oshirish mexanizmi bo’yicha o’zaro fikr yuritishdilar .

  – Biz shu kungacha olgan nazariy bilimlarimizni amaliyotda bizga juda katta yordam bermoqda . Shuningdek sohadagi qo‘llanilayotgan normativ  qonun hujjatlar, sohaga oid chiqarilayotgan farmon va qarorlar hamda zamonaviy geodezik asboblar bilan tanishdik hamda sohaga doir normativ hujjatlar va asboblar bilan ishlash  bo`yicha malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘ldik.   Deydi :  Geodeziya kartografiya va kadastr  ta`lim yo`nalishi 4-bosqich talabasi,Abdullaeva Aysuliw.

Bundan tashqari, mavjud kamchiliklar haqida ham so’z yuritilib, ularni bartaraf etish bo’yicha mas’ul xodimlarga tegishli ko’rsatmalar berildi. Uchrashuv davomida ishlab chiqarish diplom oldi amaliyoti davrida fakultetining ilg’or talabalari alohida e’tirof etilib, ularni qo’llab-quvvatlash va fakultetda shu kabi yoshlarning soni yanada ortishiga ishonch bildirildi.

 

 A.R.Orazbaev

Geodeziya kartografiya va tabiiy resurslar kafedrasi assistenti.

 

Foydali havolalar