Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Nukus davlat pedagogika institutida attestatsiya jarayonlari boshlandi

Joriy yilning 18-yanvaridan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida navbatdagi attestatsiya jarayonlari boshlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qaroriga muvofiq Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 18-yanvaridan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti faoliyatini tashqi baholash jarayoni boshlandi.

Shu munosabat bilan har ikkala oliy taʼlim muassasalarida mazkur jarayonning oʻziga xos xususiyati, uning mazmun-mohiyati va maqsadi hamda oldingi attestatsiya jarayonlaridan farq qiluvchi jihatlari toʻgʻrisida oliy taʼlim muassasalari rahbariyati, fakultet dekanlari, boʻlim boshliqlari va kafedra mudirlari bilan qisqacha muloqotlar boʻlib oʻtdi.

Muloqot davomida Taʼlim inspeksiyasining rahbariyati va ekspertlar komissiyasi aʼzolari hamda jamoa vakillari oʻzaro fikr almashishdi.

Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish jarayonida ekspertlar komissiyasi aʼzolari tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha uslubiy va amaliy yordamlar koʻrsatilishi, rahbariyat, kafedra aʼzolari, talabalar va ish beruvchilarning vakillari bilan taʼlim sifatini yana-da yaxshilash hamda tayyorlanayotgan kadrlar bilim va koʻnikmalarini oshirish borasida bevosita suhbatlar (intervyular) oʻtkazilishi toʻgʻrisida ham aytib oʻtildi.

Foydali havolalar