Alisher Navoiy merosi – ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarimiz asosi

     Bashariyatdagi har bir millatda bir yoki bir necha shunday ulug` farzandlari bo`ladiki, ular Alloh ato etgan buyuk g`ayrat, mislsiz iroda, teran aql-idrok va ezgu axloq-odoblari bilan shu xalq bayroqlari kabi muqaddas timsollarga aylanadilar. Ular andozalarga sig`maydigan ulug` xizmatlari tufayli el tomonidan qadrlanadi. Shunday buyuk siymolardan biri, xalqimizning faxr-iftixori bo`lgan she`riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hisoblanadi. Navoiy bobomizdan ulkan me`ros qoldi. Bu me`rosni dunyodagi hech bir boylikka qiyoslab bo`lmaydi. O`z asarlari va hayot yo`li orqali bizlarga doim ibrat maktabini o`tab kelmoqda.Biz yoshlar ham Alisher Navoiy bobomizni doimo e`zozlaymiz, ularning ibratli hayotidan na`muna olamiz. O`zbek filologiyasi fakulteti talabalari 9-fevral Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag`ishlab, “Alisher Navoiy merosi – ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarimiz asosi” nomli adabiy-badiiy kecha o’tkazildi. Tadbirni universitet rektori A.Reymov kirish so`zi bilan ochib berdi.                      

       Alisher Navoiy va XIX asr qoraqalpoq shoirlarining axloqiy qarashlari mavzusida f.f.d. professor Q.Jarimbetov, Turkiy xalqlar adabiyoti takomilida Alisher Navoiy  merosining o‘rni mavzusida Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi K.Karimov, Alisher Navoiy g‘azallarining qoraqalpoqcha talqini mavzusida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,shoir Sh.Ayapov, Alisher Navoiy va turkman adabiyoti mavzusida Turkman tili va adabiyoti kafedrasi mudiri f.f.d.(DSc) O.Gayliyeva, Hozirgi qozoq she’riyatida Alisher Navoiy ijodiy an’analari mavzusida Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Smamutova, Alisher Navoiy – chog‘ishtirma tilshunoslik asoschisi mavzusida
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d.(PhD) N.Kilichov va I.Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan mushoira bo’lib o’tdi.
Shundan so`ng navbat badiiy qismga berildi. Fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan “Alisher Navoiyning hayot yo`li” nomli spektakl namoyish etildi. Spektakl davomida talabalarimiz Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Alisher Navoiyning onasi va boshqa rollarni mahorat bilan  ijro etishdi. Shoir ijodidan g`azallar, tuyuqlar, ruboiylar va qit`alar o`zbek, ingliz, turkman, qozoq tillarida aytib berildi. Navoiy g`azallari asosida  mumtoz qo`shiqlar jonli ijroda namoyish etildi. Tadbir so`ngida “Alisher Navoiy merosi – ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarimiz asosi” mavzusida insho, videorolik va maqolalar tanlovida o’rin olgan talabalar va ushbu tadbir ishtirokchilari faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi. Bunday tadbirlarning nafaqat mamlakatimiz, balki, butun dunyoda o`tkazilayotganligi Alisher Navoiy bobomizga bo`lgan cheksiz hurmat belgisidir. El va xalq g`ami bilan yashagan Alisher Navoiydek insonlar bashariyat tomonidan hech qachon unutilmaydi. Asqad Muxtorning “Chinor” romanida aytilganidek: “Odam deb yashagan odam – doim tirikdir”

                                                                                                                                                                O`zbek filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi

                                                                                                                                                               boshlang`ich tashkiloti yetakchisi D.Tozaboyev.

Foydali havolalar