Xalqlarning manaviy boyligi bu uning adabiyoti bolib hisoblanadi. Adabiyot xalqning turmushin, madaniyati, boyligin kórsatib berguvchi asosiy qismi. Shunday adabiyotimizda salmoqli órin egallaydigan yirik nomoyondalari hisoblangan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur boboarimiz ózlarining ulkan mehnatlari bilan kópgina hissa qóshgan.Bu insonlarning mehnatlari ózbek xalqi uchun katta oldinga talpinish bóldi desak adashmaymiz. Ular ulkan qól yozmalar ishlab xalq yodida mangu yashab kelmoqda. Fevral oyida shu katta ikki yozuvchining tuǵilgan kuni munosabati bilan fizika fakultetida «Ajdodlar ruxi mangu barhayot» nomli badiiy kecha bólib ótdi.
Bu kechani fizika fakulteti dekani A.Muratov ochib berdi. Badiiy kechada talabalar tarafidan tayyorlangan ikki uluǵ insonning umr yóli tóǵrisida ma’lumotlari, ularning ǵazallari, hikmatli sózlari, she’rlari, saxna kórinishlari va raqslari mehmonlarga qóyib berildi.
Badiiy kechada saxnaga chiqarilgan bu ma’lumotlar orqali shunday uluǵ bobolarimiz mehnatlarini, umr yóllarini yodga olishga bóladi. Ózbek xalqining xalq bólib shakllanishida shu ikki shaxsning órni alohida. Biz bunday uluǵ bobolarimiz bilan faxrlansak arziydi. Bu bobolarimiz mehnatlarin oqlash uchun biz yoshlar ularning yozganlarini órganib, ularning izidan yurib, xalqimiz, mamlakatimiz rivojiga hissamizni qóshishimiz darkor.
Fizika fakulteti 2-kurs talabalari
Omarova Raxima
Eshniyazova Ulzada
Muratbaeva Aysuliw
