JAHON TAMADDUNI VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ADABIY MEROSI

 Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida buyuk davlat va jamoat arbobi, shox va shoir Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlab ilmiy-amaliy anjuman  bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Alauatdinov, O’zbek filologiyasi fakultet dekani f.f.f.d (PhD) M.Kurbaniyazov, Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi A.Otepbergenov, «O‘zbek tili va adabiyoti» kafedrasi dotsenti,  f.f.n. G.Avezova, «O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston tarixi» kafedrasi o’qituvchisi B.Tajitdinovalar  so‘zga chiqib, Boburning o‘zbek adabiy tili ravnaqida qo‘shgan hissasi, Temuriylar tarixida tutgan o‘rni masalalari yuzasidan to‘xtalib o‘tishdi.

Ta’kidlanganidek, Bugungi kunda buyuk allomalarimiz qoldirgan ilmiy va adabiy merosni o‘rganishga davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Talaba–yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy qadriyatlarimizni anglashga buyuk ajdodlarimiz tajribasining ahamiyati juda muhimdir.  Shunday siymolardan biri buyuk davlat va jamoat arbobi Zahiriddin Muxammad Boburdir. «Bobomiz  Zahiriddin Muxammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. 

O‘zbek xalqining dovrug‘ini dunyoga taratgan ulug‘ ajdodlarimizdan biri o‘laroq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga o‘rgatadi,» degan edi Prezidentimiz.

Bobur bizga nafaqat katta ilmiy-ijodiy meros qoldirgan, balki o‘zining hayot yo‘li bilan ham qalbimizda Vatanga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otishga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Vatandoshimiz 12 yoshidan taxt va saltanat ishlari bilan band bo‘lishiga qaramasdan, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, tilshunos, san’atshunos, etnograf, geogarf, tarixchi, havonot va navotot olamining bilimdoni sifatida ko‘p qirrali faoliyat olib bordi. Birgina «Boburnoma» asari uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga yaqqol misol bo‘la oladi.

Tadbirning badiiy qismida o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. «Bobur Mirzoning Samarkandga yurishi», «Ibroxim Lodiy bilan jangi» va «Xumoyonning kasallanib qolishi» kabi saxna ko‘rinishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

Fakultet Yoshlar ittifoqi                                                                                                                                yetakchisi D.Tozaboyev.

Foydali havolalar