XXI asr Axborot asri bo’lib, o’quvchilarni oddiy darslar bilan qiziqtira olish mushkul masaladir. Har bir fan o’qituvchisi oldida – o’quvchilarni aniq maqsadli, ta’lim-tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari, komil insonlar etib voyaga etkazish kabi ulkan vazifalar turibdi. Ushbu ezgu ishni faqatgina yaxshi tayyorgarlik ko’rgan va o’z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni, interfaol metodlarni biladigan, ulardan o’quv, tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalana oladigan o’qituvchilargina bajara oladilar.
Geografiya va tabiiy resurslar fakultetining professor-o`qituvchilari 2021 yilning fevral oyi davomida “Tabiiy geografiya va gidrometeorogiya” kafedrasi mudiri K.Allanazarov, “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kafedrasi mudiri G.Xodjaeva hamda katta o`qituvchilar G.Navruzbaeva va M.Tursinovlar Amudaryo tumanidagi 8 va 23 sonli maktablarida hamda Chimboy tumanidagi 17 sonli maktablarga borib bitiruvchi sinf o`quvchilariga “O`z bilimingizni sinab ko`ring ”,Qoraqalpog`iston mening o`lkam”, “Kasbga yo`naltirish” mavzularida mahorat darslarini o`tish barobarida maktab o`quvchilarining bilimlarini baholab ularni qiziqtirgan savollariga javoblar ham berib o`tdilar.
Har bir o’qituvchi o’z ustida tinimsiz ishlasa, darslarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni, interfaol metodlarni to’g’ri va o’z o’rnida qo’llay olsa hamda o’quvchilaridan uch qadam oldin yura olsagina o’z oldiga qo’ygan maqsadga erisha oladi. O’qituvchilarimizning zamon bilan hamnafas ishlashlari uchun har kunlik yangiliklarni o’z vaqtida bilib olishlari, o’zlashtirishlari va o’quvchilariga to’g’ri etkaza olishlari juda muhimdir deydi-katta o’qituvchi G. G.Navruzbaeva.
Uchrashuvlar yakunida maktab o`quvchilariga geografiya fani va boshqa badiiy kitoblar sovg`a tariqasida topshirildi.
Shunindek, maktab o`quvchilarini geografiya fani bo`yicha onlayn tayyorlash kurslariga jalb qilish va a`zo bo`lgan o`quvchilarni mavzular bo`yicha kirish testlariga tayyorlab borish borasida ham maslahatlashildi va kafedraning tajribali katta o’qituvchisi G.Nauruzbaeva tamonidan amalga oshirilishi belgilandi. Bu ishlarning barchasi yuqorida qayd etilgan maktab o’quvchilarinig oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirish reytingini yuqorilatishda katta ahamiyat kasb etadi.


G.Xodjaeva,
“Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kafedrasi mudiri, g.f.n., docent.