UNIVERSITETIMIZ MAGISTRANTLARI «YIL TALABASI 2021»XVII XALQARO ILMIY-TADQIQOTLAR TANLOVI G`OLIBI

«Biz o’z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug’ maqsadni qo’ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug’beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo’lib xizmat qilishi lozim.

Ushbu maqsad yo’lida yoshlarimiz o’z oldiga katta marralarni qo’yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko’mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo’lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro’yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi» dedi Hurmatli Prezidentimiz Oliy Majlisga yo`llagan Murojaatnomasida.

2021 yilga mamlakatimizda «Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb nom berilishining ózi universitetimizning bilimga chanqoq talaba yoshlari uchun omadli va imkoniyatlarga to`la yil bo`lib boshlanmoqda va o`z yutuqlari bilan Prezidentimiz ishonchlarini oqlamoqda.

Shunday talaba yoshlarimizdan Rossiya Federatsiyasining Penza shahrida bo`lib o`tgan, «Yil talabasi 2021» XVII xalqaro ilmiy-tadqiqotlar tanlovida universitetmiz 1-kurs magistrantlari Bekniyazova Gulchexra Rustembayevna va Sarsenbayev Dauletbay Baktibayevichlar g`olib bo`ldilar. Bugungi kunda Bekniyazova Gulchexra  fizika-matematika fanlari doktori, professor Ismaylov Qanatbay Abdreymovich va Sarsenbayev Dauletbay  texnika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Reymov Kamal Mambetkarimovichlar rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlarni olib bormoqdalar.

Ularga o`qishlarida va ilmiy-tadqiqot ishlarida omad, zafarlar tilab qolamiz.

Ma`lumot uchun: Bekniyazova Gulchexra Fizika fanidan va Sarsenbayev Dauletbay Ingliz tili fanidan bo`lib o`tgan xalqaro tanlovda g`olib bo`lib, oltin medallarni qo`lga kiritgan edilar.

 

 

Foydali havolalar