Hayot bu-sahna, biz esa uning qahramonlarimiz!

Hayot teatr kabidir. Biz bo’lsa uning qahramonlarimiz.Har kim o’zining hayotini sahnada aks ettiradi. Kimningdir hayotiga havas qilasiz, kimningdir hayotidan o’zingizga kerakli darsni olasiz.

Teatr-madaniy ozuqa beradi. Teatr qahramonlari tamoshabinlarga shu yurtning urf-odatlari, an’analari va ma’daniyatini, aholining turmush tarzini ko’rsatib, tasvirlab beradi. Ma’daniy hordiq ma’naviyat ozuqa kalitidir. Ma’naviy ozuqa har qanday ozuqadan yaxshiroqdir.

Bizning Universitetimizda ham talabalarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun sharoitlar yaratilgan.Yaqinda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Akademik musiqali teatriga guruhimiz bilan borib, tomosha qildik. U yerda ko’rsatilgan sahna ko’rinishlarida Qoraqalpoq xalqining ma’daniyati, urf-odatlari va aholi turmush tarzi aks ettirildi. Bizning guruhimizda boshqa viloyatlardan kelgan talabalar ko’p.  Teatrga borganlaridan so’ng ular ham Qoraqalpoq xalqining madaniyatini, urf-odatlarini bilib oldi va qiziqib qolishdi.

Teatrdan chiqqandan so’ng ham kursdoshlarim tinmasdan savol berib kelishdi, bizning xalqimizga, an’analarimizga qiziqib qolganlarini va teatrga endi tez-tez kelib turishlarini aytishdi. Menga ko’proq Qoraqalpoq xalqining milliy va boy tarixi, an’analari haqidagi  ma’lumotlarni aytib berishimni so’rashdi, men esa o’z bilganlarimni kursdoshlarimga so’zlab berdim. Teatrdan kelib Talabalar turar joyiga kelib teatrdan olgan taassurotlarimni talabalar bilan bo’lishdim.

Men shu Qoraqalpog’iston Respublikasida tug’ilganimdan faxrlanaman.

Fakultetimiz jamoatiga biz talabalarga shunday sharoitlar yaratib berganlariga o’z minnatdorligimizni bildiramiz.

 

QDU Kimyo-texnologiya fakulteti

1-«A» Oziq-ovqat texnologiyasi talabasi

Madenova Leyla.

 

Foydali havolalar