Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti umumiy biologiya va fiziologiya kafedrasida talabalar turar joyi uchun har oyda ma’naviyat va ma’rifat kunlari rejasi tuzilgan bo’lib 2021-yil 8-aprel kuni Umumiy biologiya va fiziologiya kafedrasi stajor o’qituvchisi Haytboeva Sohiba Universitetimiz 2-sonli Talabalar turar joyida kafedra ma’naviyat va ma’rifat kunlari rejasiga muvofiq “Chevar qollar “ mavzusida master klass o’tdi. Master klassga talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar jalb qilindi. Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta‘lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma‘naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
Ma‘lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Shu 5ta muhim tashabbusdan :Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlash masalalarini nazarda tutadi. Biz shu beshinchi tashabbusni boshchilikkka olgan holda talaba qizlarimizni darsdan bosh vaqtlarida kasb hunarga o’rgatish kelajakda o’z mutaxasisliklari bilan ishlash barobarida o’zi qo’li bilan yaratgan, tikkan, to’qigan mahsulotlarini sotib ham moliyaviy oilasiga yordam qilishlari mumkin bo’ladi.

Xalqimizda hunarli kishi xor bo’lmas degan gap bor, talaba qizlarga ham hunar o’rgatish maqsadida to’qimachilik boyicha o’zim bilgan saboqlarni o’rgatdim. Talaba qizlar ham katta qiziqish bilan o’rganishdi .Talaba qizlar birgina ilgakcha yordamida nimchalarni turli xil kiyim- kechak va bolalar o’yinchoqlar va uy-ro’zg’or uchun kerakli buyumlarni to’qishni o’rganib olishdi. Bu albatta ularning kelajakdagi hayotida ulariga moliyaviy yordam beradi degan umiddaman.
