Ajiniyoz shoirimizning tavalludiga bag’ishlangan tadbir

Joriy yilda butun Respublikamiz bo’ylab Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyondalaridan biri bo’lgan Ajiniyozning 197 yillig»i keng nishonlanmoqda. Kuni kecha bizning universitetimizning axborot resurs markazida ham mazkur shoirimizning tavalludiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir universitetimizning «Kitobxonlar» klubi tarafidan tashkillashtirildi. Tadbirni universitetimiz yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor S.Alauatdinov ochib berdi.  Axborot resurs markazining rahbari Nagima Sharigatova so’zga chiqdi. Tadbirda Ajiniyozning hayoti va ijodi haqida klub a’zolari o’z bayonotlarini o’qib berib, uning she’rlarini ifodali tarzda aytib berdilar. Tadbir so’ngida klub a’zolari tarafidan Ajiniyozning yozgan she’rlari jonli ijroda qo’shiq qilib kuylandi . Albatta bunday tadbirlar o’tkazish yosh avlodni ota-bobolarimizga bo’lgan hurmat va faxr tuyg’ularini oshirishda katta xizmat qiladi desak adashmagan bo’lamiz.

 

 

Rimbayeva Elyanora – «Kitabxonlar» klubi a’zosi,

biologiya fakulteti 1 – kurs rus.bio talabasi.

Foydali havolalar