№6 SONLI TTJ QIZLARINING IJTIMOIY AHVOLI O‘RGANILDI

 Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va Jurnalistika fakultetiga qarashli №6 sonli TTJda 107 nafar talaba-qizlar yashaydi. Aksariyati mamlakatimizning turli hududidan.

Shu bois ularning ijtimoiy ahvoli, moddiy ta’minoti, mavjud muammolari bilan tanishish uchun Universitet xotin-qizlar kengashi boshligʻi Injayim Seytnazarova, Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti xotin-qizlar kengashi yetakchisi Guljaxan Allambergenova, psixolog Gulchehra Reyimbayeva, Universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi matbuot kotibi Dilafruz Obloqulova hamda №6 sonli TTJ tarbiyachisi Klara Ernazarovalar qizlar bilan uchrashdi.

 Tozalik, tarbiya, yotoqxona tartib-qoidalariga rioya qilish, albatta, har doim ustuvor masala bo’lib kelgan. Jumladan, bu gal ham.

Injayim Seytnazarova qizlar bilan ochiqdan-ochiq suhbatlashdi. Dastlab ularning muammolariga quloq solmoqchi bo’ldi. Biroq, qizlar yaratilgan sharoitlardan mamnunlik hissini namoyon qilib turishdi.

 Ehtimol, muammolari ham bordir. Balki ular birin-ketin ijobiy natija topayotgandir. Bilmadim. Ammo shunisi ahamiyatliki, ushbu yotoqxona zamonaviy bo’lib, o’tgan yili talabalar ixtiyoriga topshirilgan edi. Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari, wi-fi tarmog’i bilan ham ta’minlangan, alohida dars tayyorlash xonalari ham mavjud.

Xullas, imkoniyat qidirilmaydi, imkoniyat yaratiladi. Biz esa keyingi galdagi uchrashuvimizni ro’yxati shakllantirilgan, yordamga muhtoj talabalarga ko‘mak ko’rsatish imkoniyati bilan davom ettiramiz.

 

Universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi matbuot xizmati

 

Foydali havolalar