Ishsiz yoshlar bandligin ta’minlash bóyicha harakatlar davom etmoqda

    21-aprel kuni «Xalqlar dóstligi» MFI da uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuvni MFI raisining obodonlashtirish, qiytoq yer va tadbirkorlik masalasi bóyicha muavini  Saliev Najimatdin boshqarib bordi. U yoshlarga uchrashuvning maxsad va vazifalari haqida aytib ótdi.

  Uchrashuvda Fizika fakulteti yoshlar bilan ishlash bóyicha dekan muavini  Azim Yuldashevga sóz berildi.

   Sóng fizika fakulteti dekani Abat Muratov sózga chiqib, óz sózida yurtimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor, beriliyotgan imkoniyatlar tóǵrisida aytib ótdi.

    Uchrashuv davomida Nukus shahri bandlikka kómaklashish markazidan Gúlayim opa Nukus shahridagi bósh ish órinlari bilan tanishtirdi, sóng mikrokredit bank xodimi Jalolov Farxad yoshlarga beriliyotgan kreditler  tóǵrisida ma’lumot berdi.

     Uchrashuv davomida Qurilish xodimlarini qayta tayyorlach markazi direktor muavini, mayor Gaybnazarov Aybek aka ham sózga chiqib, óquv kursi bilan tanishtirdi va bu kurs chet elga qurilish sohasi bóyicha ishchi tayyorlab, kursni tamomlagan yoshlar chet elda ish va yotoq joy bilan ta’minlanishi haqida aytib ótdi. So’ng yuridika fakulteti professor-óqtuvchisi Ermekbaev Boburjan yoshlarning orasida jinoyatchilikning oldini olish bóyicha sózladi va yuridik maslahatlar berdi.

     Uchrashuv davomida yoshlar ózlarini qiziqtirgan savollariga tegishli xodimlardan javoblar oldi, ózlarini qiziqtirgan masalalar bóyicha keng bilimga ega bóldi.

    Fizika fakulteti

    2-kurs talabasi

    Omarova Raxima

 

 

Foydali havolalar