,,Xotira  muqaddas-  qadr  aziz’’

9-may  ,,Xotira  va qadrlash kuni’’ga bag’ishlangan ,’’Xotira muqaddas – qadr aziz”  mavzusida   шу yil  26-aprel kuni  Kimyo-texnologiya fakultetining birinchi kurs talabalari bilan  davra  suhbati o’tkazildi.Tadbirda 1979-1989-yillarda bo’lgan Afg’on urushida  qatnashgan  urush fahriysi universitemiz xodimi To’raboyev  O’ng’arbay, Qoraqalpog’iston Respublikasi Milliy gvardiya boshqarmasi bo’lim boshlig’i, podpolkovnik Mambetkarimov Safarniyoz,  Nukus shahar Milliy gvardiya qo’riqlash bo’lim boshlig’i   o’rinbosari, kapitan Jamolov  Alisher akalar biz talabalarga ikki davr orasidagi farqni, harbiy xizmatning ahamiyati, kuch- qudrati va yangidan tashkil qilingan Milliy gvardiyaning yutuqlari va imkoniyatlari haqida aytib o’tishdi.

Afg’oniston urushida qatnashgan Turaboyev O’ng’arboy aka urush paytidagi og’ir ahvolni esga olib,   o’zining boshdan kechirgan  ichki-kechinmalarini bizlar bilan  bo’lishdi.Vatanimiz tinchligi, yurtimiz faravonligi  yo’lida kurashgan ota-bobolarimizni yod etarkanmiz, ular bosib o’tgan og’ir yo’llar ko’z oldimizda gavdalanadi.

Davra  suhbati  davomida  1999-yildan  buyon mamlakatimizda  9-may ,,Xotira  va qadrlash  kuni’’ umumxalq  bayram  sifatida  keng  nishonlanib  kelayotganligi, ikkinchi  jahon  urushida halok  bo’lgan  minglab  yurtdoshlarimiz  xotirasini  doimiy  ravishda  yod  etish  lozimligi  to’g’risida, olovli  janggohlardan  omon  qaytgan  bobolarimizga   hurmat-e’htirom ko’rsatish lozimligi haqda suhbatlashildi, hamda  Vatan himoyachisi  bo’lish istagida  bo’lgan talabalarga   qanday qilib  ishga kirish, uning uchun nimalar qilish  to’g’risida  maslahatlar  berildi.

Davra  suhbatidan keyin  talabalar  tashrif buyurgan  mehmonlarga  savollar bilan murojaat  qilib ,tegishlicha  javoblar  olishdi. Davra  suhbati  talabalarda  ajoyib  taasurot  qoldirdi.

 

 

Kimyo-texnologiya  fakulteti 

1-A kimyo guruh  talabasi

O’rinboyeva  Mavluda.

 

Foydali havolalar