Fakultetimiz talaba-yoshlari To‘lepbergen Qayipbergenovni xotirladilar

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenovning 92 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etilgan onlayn va oflayn, ma’naviy-ma’rifiy tadbirda fakultetimiz talaba-yoshlari Zoom dasturi orqali onlayn qatnashdilar. Dastlab T.Qayipbergenov hayoti va ijodini oʻrganish hamda targʻib qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida videorolik namoyish etildi.

T.Qayipbergenov 1929 yilning 7 may kuni Kegeyli tumanining Sho‘rtanboy ovulida dunyoga kelgan. 1947 yil Xo‘jayli pedagogika bilim yurtini, 1955 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlaydi. Institutni bitirgach, “Amudaryo” adabiy jurnalida ish faoliyatini boshladi, keyinroq uning bosh muharriri bo‘ldi. O‘z vaqtida To‘lepbergen Qayipbergenov Qoraqalpoq radio qo‘mitasi direktor o‘rinbosari, respublika gazetalari bosh muharriri lavozimlarida ishlagan. 1980 yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasiga boshchilik qilgan.

Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, qoraqalpoq xalqining asl farzandi Toʻlepbergen Qayipbergenovni hayoti va ijodini yozuvchi ijod faoliyatini oʻrganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida, yozuvchi asarlarining bugungi kundagi ahamiyati va hali ham dolzarbligi haqida so‘z bordi. Soʻngra Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy-adabiy maslahatchisi Hamrayev Fazliddin Sharifovich “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleya jamgʻarmasi direktori Toʻlepbergen Qayipbergenov haqida”gi xotiralari bilan oʻrtoqlashdi.

 Faxriy mehmon sifatida Toʻlepbergen Qayipbergenovning farzandi Qaipbergenov Adilbek Toʻlepbergenovich ham oila aʼzolari bilan ishtirok etdilar. Tadbirni onlayn kuzatgan fakultetimiz talabalari To‘lepbergen Qayipbergenovning hayoti va ijodi uning asarlari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 3-bosqich talabasi Nurbek Tajimurodov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foydali havolalar