Universitetimizga Navoiy davlat konchilik instituti prorektorlari tashrif buyurishdi

Joriy yilning 17-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga Navoiy davlat konchilik instituti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori B.Mardonov , Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori  T.Nurmurodov , O`quv ishlari bo`yicha prorektori N.Abduazizov hamda Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filali direktori A. Kaipbergenovlar tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni  universitet  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori  I.Turdimambetov  va Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Alauatdinovlar kutib olishdi.

Suhbat davomida universitet moddiy-texnik bazasi, Fizika va kimyo o`quv laboratoriya auditoriyalarning jihozlanishi, pedagog xodimlar va talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad Prezident murojaatnomasida oliy ta’lim tizimi oldiga qo’yilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda ilg’or tajribalarni o’rganish, yurtimizning yetakchi innovatsiya markazlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishdan iborat.

Uchrashuvda o’zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlari muhokama qilindi va kelishib olindi.

           -Qo’shma ilmiy o’quv loyihalarini   amalga oshirish;

          -Talabalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun ishlab chiqarish va ilmiy amaliyotlarni hamkorlikda amalga oshirish bo`yicha kelishib olindi.                                                                                                                                                                                                                 
 Ushbu uchrashuv har ikkala OTMlar uchun yaqin hamkorlik va yangi marralarni zabt etish uchun qadam bo’ladi deb umid qilamiz.      


Foydali havolalar