Yo‘l qoidasi -umr foydasi. Ushbu ibora ma’nosini ba’zan anglamaymiz, ba’zan esa juda kech, unda ham bu hodisa boshimizga tushgandagina pushaymon bòlamiz. Kasalni davolagandan ko‘ra, uni oldin olgan yaxshi-deb, bejiz aytilmagan. Mana shu fikirlarni ilgari surgan holda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Kimyo-texnologiya fakultetida Qoraqalpog‘iston respublikasi Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari va fakultet talaba yoshlari ortasida ushrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni fakultet dekani Nurimbetov Baxtiyar ochib berdi va talabalarni yo‘llarda harakatlanayotganda, chorrahalardan o‘tayotganda ayniqsa ehtiyot bo‘lishga, yo‘lning transpotlar harakatlanadigan qismidan, shu bilan birga svetoforlardan o‘tayotganda quloqliklardan foydalanmaslikka chaqirdi. Bundan keyin Qoraqalpog‘iston respublikasi Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi navbatchi bo‘limi inspektori katta leytenant Kenjaboev Chingiz Temirxonovich so‘zga chiqib yoshlar bilan yo‘l harakati xavfsizligi va uning oldini olish chora-tadbirlari va oxirgi paytlarda talabalar bilan uchrayotgan yo‘l harakati qoida buzilishlari, ularning ayanchli oqibatlari haqida suhbatlashdi. Shular bilan bir qatorda 2021-yil 19-may 10921-sonli qarori bilan Nukus shahri jinoyat ishlari sudi tomonidan kelgan qarorni ham tanishtirib o‘tdi. Ushbu qaror mazmunida esa Kimyo-texnologiya fakulteti kimyo yo‘nalishi 1-kurs talabasi Po‘latov Nursulton Davronjon o‘g‘lining jinoyat kodeksining 66¹-bandi bo‘yisha yo‘l transport harakati holatini buzilganligi ko‘rsatilgan edi. Katta leytenant Kenjaboev qaror va uning mazmuni bilan tanishtirib o‘tgandan keyin, sodir etilgan yo‘l harakati va uning oqibatlari to‘g‘risida talabalarga keng tushuntirishlar berib o‘tti. Ushrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga soha mutaxassislari tomonidan javoblar oldilar. Va shu bilan birga o‘zlarining fikr-mulohazalari, takliflarni ham bildirib o‘tishdi.


