Davlat tilini rivojlantirishga oid yangi kitob nashrdan chiqdi

 

Bugungi kunda til ta’limi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri-o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini takomillashtirish, ularda fikr yuritish, o‘z fikrini mantiqan izchil va savodli qilib ifodalash ko‘nikmalarini hosil qilishdir. Milliy o‘zlikni anglash boshqa omillar qatori o‘z milliy tiliga e’tiborning kuchayishi bilan bog‘liq.

Xususan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari ham bu masalaga jiddiy yondashgan holda bir qancha amaliy ishlar olib bormoqda.

Jumladan, Davlat tili o‘qituvchilari O‘zbek tilini ilmiy-amaliy jihatdan rivojlantirishga doir amaliy ishlanmalarni rag`batlantirishga qaratilgan “Qoraqalpog‘iston sharoitida milliy guruhlarda o`zbek tilini davlat tili sifatida o`qitishga zamonaviy yondashuv”  loyihasi ustida ish olib bormoqda. Hamma sohada davlat tilini to‘laqonli joriy etish hamda milliy guruhlarda kasbiy nutqini rivojlantirish jarayonini jadallashtirish bilan bog`liq loyiha ishlab chiqish uchun astoydil kirishishgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2020-yil                 28-oktabrdagi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084 Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Z.Ibragimova va O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti R.Madaminovalar hammuallifligida “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi. Ayni damda mazkur kitob mualliflarini chin dildan qutlaymiz va davlat tilini rivojlantirish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini hech birimiz aslo unutmasligimiz zarur.

Kamshat Baymenova

QQDU

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

 

 

Foydali havolalar