“El-yurt umidi” jamg’armasi 2021 yil 20 iyuldan boshlab xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish uchun 272 o’ringa mo’ljallangan 3-ochiq stipendiya tanlovlarini e’lon qiladi!
Mamlakatning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan kreativ fikrlaydigan yoshlar, iste’dodli professor-o’qituvchilar, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, pedagoglar va mutaxassislar diqqatiga!
“El-yurt umidi” jamg’armasi 2021-2022 o’quv yili uchun nufuzli xorijiy davlatlarda:
– bakalavriat ta’lim dasturi uchun 69 o’rin,
– magistratura ta’lim dasturi uchun 112 o’rin,
– doktorantura ta’lim dasturi uchun 91 o’rin, jami 272 o’rin stipendiyalar ajratishini ma’lum qiladi.
Nomzodlarning hujjatlari 2021 yil 20 iyuldan – 20 avgustga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Saralash bosqichlari 2021 yil 20 avgustdan – 20 sentyabrga qadar davom etadi.
Saralash tanloviga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg’armasining www.eyuf.uz, (http://admission.eyuf.uz) sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.