Beruniylik yosh jurnalist   «MDH davlatlari bo’yicha eng yosh olim-2021»  tanlovining g’olibi  bo‘ldi

 

Beruniy tumanidagi  «Xalq minbari» gazetasi maxsus muxbiri, Kar24.uz sayti muxbiri, @Beruniy_XABAR24 telegram kanali ta’sischisi,  Qoraqalpoq davlat universiteti  3-kurs talabasi,  jurnalist va bloger Lobarxon Bazarbayeva  «MDH davlatlari bo’yicha eng yosh olim-2021»  tanlovining  mutloq g’olibligini qo‘lga kiritdi.  Lobarxonning  «Bugungi kun jurnalistikasi. Davr talablari va blogerlar» mavzusidagi ilmiy maqolasi tanlovda yuqori baholandi.

 

Ushbu tanlovga 35 yoshga qadar bo’lgan doktorant, aspirant, magistr hamda bakalavr talabalari va mustaqil izlanuvchilar qatnashdi.

G’olib 1- o’rinli diplom, «MDH davlatlari bo’yicha eng yosh olim-2021» guvohnomasi, maxsus medali va to’plam (РИНЦ, elibrary.ru, bobek-kz.com bazalarida indekslanadi va ISSN nomer beriladi) bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Lobarxon o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi  @Beruniy_XABAR24 kanali  «Yuzma-yuz»,  «Yoshlar savol berganda…» loyiha-ko‘rsatuvlari bilan ham tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Lobarxon 2019-2021 yillar oralig‘ida jurnalistika yo‘nalishida sezilarli yutuqlar sovrindori bo‘ldi. 2019-yilda Toshkentdagi  «Istiqlol» nashriyotida  «Sog‘inch» nomli kitobi chop etildi.

 «Qoraqalpog‘iston matbuoti rivojiga hissa qo‘shgan jurnalist» diplomi,  «Eng ulug‘, eng aziz» tanlovida Qoraqalpog‘iston bosqichida 1-o‘rin, Kar24.uz  sayti tomonidan  «Yil muxbiri» nominatsiyasi g‘olibi, «Seven star-Yetti yulduz» xalqaro anjumani delegati va boshqada xalqaro turli tanlov, anjumanlarning delegati hamda maxsus diplomlar sohibasidir. Lobarxonning maqolalari nafaqat respublikada balki, Amerikadagi mashhur jurnalda ham chop etildi hamda jurnalist  Vashingtondagi mashhur jurnalning maxsus sertifikati bilan taqdirlangan.

 

Tayorlagan: Kaiipnazarova Nargiza QDU talabasi

 

Foydali havolalar