QODIRIYXONLIK HAFTALIGI TALABALAR NAZMIDA

 

      O‘zbek tarixiy romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy nomini eshitmagan, uning asarlarini sevib mutolaa qilmagan kishi juda kam topilsa kerak, albatta. U o‘z maqsadi yo‘lida kuch iroda, topa olgan, matonatli, to‘g‘riso‘z va adolatparvar inson bo‘lgan.

       Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan Qodiriyxonlik haftaligi tashkillashtirildi. Haftalikning asosiy maqsadi talabalarga adibning o‘zbek adabiyoti rivojidagi o‘rni beqiyosligini e’tirof etish bo‘lib, unda har xil chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, “Abdulla Qodiriy-o‘zbek romanchiligi asoschisi” mavzusida ijodkor talabalar orasida insho tanlovi, “Abdulla Qodiriy asarlaridan olgan taassurotlarim” mavzusida esse yozish va davra suhbatlari o‘tkazildi.

      Darvoqe, adib asarlari qo‘lma-qo‘l o‘qilib, har bir kitobxon qalbidan chuqur o‘rin olgan desak mubolag‘a emas. Zero, A.Qodiriyning o‘z tarjimayi holida ishonch bilan ta’kidlab yozganidek:”…-boshqalarning xizmati daftar bilan sobit bo‘lsa, mening xizmatlarim matbuot bilan ravshandir…ishchi dehqonlar yozg‘on asarlarimni suyunib o‘qiydilar va meni hamon o‘qirlar va unutmaslar…”

        Mazkur haftalik doirasida talaba-yoshlar Qodiriy ijodining sara namunalari bilan yanada yaqinroq tanishdilar.

 

 

Kamshat Baymenova

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foydali havolalar