Arxitektura fakultetida “Yoshlarni oila turmushiga tayyorlash” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbatni fakultetimizning xotin-qizlar masalalari bo’yicha yetakchi D.Kamolova olib bordi. Arxitektura kafedrasi katta o’qituvchisi A.Abekeeva, fakultetlararo chet tillari kafedrasining ingiliz tili o’qituvchilari D.Seytnazarova, G.Allaniyazova, “Nur” MFY oila va xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari M.Berdekeeva, fakultetimizning hamshirasi K.Doshanova va fakultetimiz talaba qizlari ishtirok etishti.
Davra suhbatida Oliy o’quv yurtida tahsil olayotgan talaba qizlarning ta’lim tarbiyasi va erta turmush qurish, erta tug’riq va oilada ajralishlarning salbiy oqibatlari haqida tushintirish berish bilan birga, qizlarning shaxsiy gigeniyasi, turmush qurish davrida organizmda uchraydigan yod tanqisligi kasalligi bo’yicha va kasalliklarning oldini olish haqida ma’lumotlar berildi.


