2021-2022 oʻquv yili bitiruvchilari va asosiy ish beruvchilar oʻrtasida muloqotni tashkil etish maqsadida joriy yilning 14 oktyabr kuni ATB “Uzsanoatqurulishbank” Taxiatosh filiali xodimlari ishtirokida universitet iqtisodiyot fakulteti binosida bitiruvchi kurs talabalarini ish oʻrinlariga tanlab olish boʻyicha tanlov oʻtkazildi.
Tanlov avvalida talabalarga bankda ishlash hamda ushbu bankning boshqa banklardan farqi ta’kidlab o’tildi.

Ushrashuv mobaynida bank boshlig`i o`rinbosari B.Bekniyazov, chakana operatsiyalarni amalga oshirish bo`limi bosh mutaxassisi G.Nietova hamda yuridik shaxslarga xizmat ko`rsatish bo`limi 1-darajali mutaxassisi A.Tlewbergenova tomonidan talabalarga slayd asosida bank haqida tushinchalar berilib, talabalar savollarga javob qaytarildi.

Seminar treningdan so’ng bank boshqaruvchisi o`rinbosari B.Bekniyazov hamda xodimlarni tanlash va baholash bo`limi bosh mutaxassisi G.Xojametovalar tomonidan suhbat asosida ishga tanlov o`tkazilib, universitetning iqtisodiyot fakulteti bitiruvchi kurs talabalari faol ishtirok etishdi.

Suhbatda ijobiy natija ko`rsatgan 4-kurs talabalari S.Isakov, A.Salillaev, S.Narbaev, B.Darmenbaevlar bir oylik sinov muddati bo`yicha ishga taklif qilindi.