O‘zbekiston Milliy universitetining professori universitetimizda dars o‘tmoqda

 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Fizikaviy kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori Hamdam Akbarov Qoraqalpog‘iston davlat universitetiga tashrif buyurib, o‘z bilimlarini talabalar bilan bo‘lishdi.

Professor 2-bosqich kimyo yo‘nalishi talabalariga Fizikaviy kimyo fanidan  dars o‘tdi.

  Kimyo-texnologiya fakultetining katta auditoriyasida ustoz  H.Akbarovning turli mavzulardagi ma‘ruzalari katta qiziqish bilan tinglandi.

Tinglovchilar tomonidan Fizikaviy kimyo bilan bog‘liq mavzularda berilgan savollarga Hamdam Akbarov atroflicha javob berar ekan talabalarning kimyo fanlariga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi. Talabalar o‘zlariga shunday bir ulug‘ insonning dars berganidan judayam xursand bo‘lishdi.

 O‘zlarini oldiga ularga o‘xshagan o‘qituvchi bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsa ajab emas.

 

 

Kimyo-texnologiya  fakulteti 

2-A kimyo guruh  talabasi

O’rinboyeva  Mavluda

Foydali havolalar