Bugun universitetga Аdliya vazirligi huzuridagi «Аdolat» milliy huquqiy axborot markazi direktori oʼrinbosari Baxronov Sherzod Xolmurodovich hamda markaz boʼlim mudiri Аxmedov Muzaffar Murodjonovichlar tashrif buyurishdi.
Mehmonlarni universitet oʼquv ishlari boʼyicha prorektori O.Duysenbaev, yuridik fakulteti dekani E.Kutibaevalar kutib olishdi va universitetdagi taʼlim jarayoni, talabalarga yaratilgan sharoitlar, yuridik fakultet professor-oʼqituvchilarining faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Shundan soʼng fakultet jamoasiga «Аdolat» milliy huquqiy axborot markazining faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar, sohaga oid oʼquv, metodik, qonun hujjatlari toʼplamlari toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berildi.
Markaz faoliyatiga oid videotaqdimot ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi. Tadbir yakunida universitet hamda «Аdolat» milliy huquqiy axborot markazi oʼrtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Mazkur kelishuv asosida universitetdagi huquqshunos-olimlar, tadqiqotchilar, magistrant va bakalavriat talabalari uchun zarur boʼlgan huquqiy axborot xizmatlari koʼrsatiladi.
Majlis ishtirokchilari tomonidan ushbu hamkorlik malakali yurist mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar yetishtirishda alohida ahamiyatga ega ekanligi yakdillik bilan eʼtirof etildi. Majlis yakunida Sh.Baxronov oʼzining esdalik sovgʼalarini fakultet rahbariyatiga taqdim qildi.




QQDU Matbuot xizmati