E”LON

Oksford islom tadqiqotlari markazi tomonidan 2022/2023-o‘quv yili uchun Oksford islom tadqiqotlari markazida ilmiy tadqiqot olib borish maqsadida e’lon qilingan stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi ma’lumot ilovada yuborilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, dastur 2022-yil oktabr oyidan boshlanadi hamda ushbu stipendiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan 2 nafar yetuk olimlar yoki doktoranturani bitirgandan keyingi davrda tadqiqot olib boruvchilar uchun taqdim etiladi.

Ushbu dastur doirasida to‘lab beriladigan 5000 funt sterling miqdoridagi stipendiya boshqa tadqiqot olib borish uchun ajratilgan grant, stipendiya yoki ta’til to‘lovlariga qo‘shimcha mablag‘ sifatida taqdim etiladi.

Mazkur stipendiya Islomni va Islom olamini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan gumanitar yoki ijtimoiy fanlar, xususan, antropologiya, iqtisodiyot, geografiya, tarix, xalqaro munosabatlar, huquq, adabiyot, falsafa, siyosat, din va sotsiologiya kabi yo‘nalishlarda tadqiqot olib borish uchun ajratiladi.

Dastur doirasida nomzodlar vaqtlarini tadqiqot ishlarini olib borish va maqolalar yozishga bag‘ishlashlari hamda Markazning ilmiy faoliyatida ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.

Nomzodlarga Markazning umumiy o‘quv xonalaridan foydalanish huquqi beriladi, turar joy topishda ham yordam ko‘rsatiladi.

Oksford islom tadqiqotlari markazi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bilan https://www.oxcis.ac.uk/ veb-sahifasida tanishish mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlar mustaqil ravishda, Markazning veb-saytida berilgan talabnomani (https://www.oxcis.ac.uk/visitingfellowships) to‘ldirishi kerak.

 

Hujjat topshirishning ohirgi muddati – 2022-yil 28-yanvar.

 

Foydali havolalar