Chet tillari fakultetida Prezident qarorlarining mazmun-mohiyatini keng  targ’ib qilish yuzasidan seminar tashkil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021 yil 24 dekabr kungi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash to’g’risi” dagi PQ-60 son qarori mazmun-mohiyatini professor-o’qituvchilarga tushintirish bo’yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Chet tillari fakulteti Ingliz til va adbiyoti kafedrasi o’qituvchisi I.Zarlikov  mamlakatimizda 200 ga yaqin OTMi bo’lsa, ulardan 106 tasi Davlat OTMlari bo’lib, 35 OTM larga 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab moliyaviy mustaqillik berilganligi, bu raqamlar 2022-yilning1-yanvaridan boshlab 35 OTM moliyaviy, 2022-2023 o’quv yilidan boshlab tashkiliy va akademik mustaqilligini olib borishiga qarab yetarli ko’rsatgichlarga yetgan OTMiga moliyaviy va akademik mustaqillik berish orqali o’sib borishi mumkinligi, moliyaviy va akademik mustaqil OTM da nimalar o’zgarishi mumkinligi hamda qaror asosida 2022/2023 o‘quv yilidan moliyaviy mustaqil davlat OTMlariga beriladigan vakolatlar haqida atroflicha malumotlar berdi. Seminarda barcha professor-o’qituvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldi.

 

Fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari T.Kulniyazov

Foydali havolalar