Mamlakatimiz hududida koronavirus pandemiyasiga qarshi сhоrаlаrni davom ettirish va mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasini shiddatli tarqalishining oldini olish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida 24-yanvardan boshlab bir оу muddat davomida ta’lim olish tizimi “onlayn” shaklda olib borish belgilangan.
Shu nuqtayi nazardan bugundan boshlab O‘zbek filologiyasi fakultetida ham dastlabki masofaviy ta’lim jarayonlari boshlandi. Xususan, masofaviy ta’lim platformasini ishchi holatga keltirish, uni kontent bilan boyitish, darsga talabalarni qamrab olish bilan boshlandi. O‘zbek tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun dars jadvali asosida professor-o‘qituvchilar o‘z fanlari yuzasidan havolalarini talabalarga taqdim qildilar va barcha darslar o‘z vaqtida boshlandi. Darslarga guruhlardagi barcha talabalar jalb qilindi. Darslarning samaradorligini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilar talabalarga mahoratli darslar tashkil qildilar. Fanlarni to‘liq o‘zlashtirishlari uchun elektron resurslar va elektron kutubxonalardan to‘liq foydalanish imkoniyatlari haqida axborot berdilar.


Eng asosiysi bugungi kunda har qanday jarayonda ham ta’lim sifatini yanada oshirish har bir professor-o‘qituvchining asosiy burchi ekanligini unutmasligimiz kerak.
“O‘zbek tili va adabiyoti ” kafedrasi o‘qituvchisi
Baymenova Kamshat