Mamlakatimiz hududida koronavirus pandemiyasiga qarshi сhоrаlаrni davom ettirish va mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasini tarqalishining oldini olish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida 24-yanvardan boshlab bir оу muddat davomida ta’lim olish tizimi “onlayn” shaklda olib borish belgilangan.
Matematika fakultetida matematika, amaliy matematika va informatika, kompyuter ilimlari va dasturlash texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun dars jadvali asosida professor-o‘qituvchilar o‘z fanlari yuzasidan havolalarini taqdim qilib bormoqda va barcha darslar o‘z vaqtida tashkillashtirilmoqda. Online darslarga guruhlardagi barcha talabalarni jalb qilish uchun professor-o‘qituvchilar bilan birga tyutorlar ham ish olib bormoqda. Darslarning samaradorligini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilar tomonidan qo‘shimcha talabalarga mahorat darslar tashkillashtirilmoqda. Fanlarni to‘liq o‘zlashtirishlari uchun elektron resurslar va elektron kutubxonalardan to‘liq foydalanish imkoniyatlari haqida axborot berilmoqda. 1-kurs talabalari uchun https://moodle.karsu.uz/ platformasidan, fan resurslaridan, test yechishdan to’g’ri foydalanish, belgilangan javoblarni yuborish, testga qo’yiladigan talablar haqida tushunchalar berib borilmoqda, har bir fandan talabalar uchun imtihon oldi test yechishni o’rganish uchun TEST(Trenerovka) yaratilgan.




“Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi
Shıxıev Raxim