TOSHKENTLI MALAKALI MUTAXASIS UNIVERSITETIMIZDA TASHKIL ETILAYOTGAN “INKUBATSIYA VA AKSELERATSIYA” MARKAZI BILAN TANISHDI

Joriy yilning 5-fevral kuni IT-park mutaxasisi Sanjar Parmanqulov universitetimizda tashkil etilayotgan “Inkubatsiya va akseleratsiya” markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida universitet professor-o‘qituvchilar tarkibi, iqtidorli talabalar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalari bilan tanishdi va kelajakdagi faoliyati bo’yicha fikr almashdilar.

Ushbu tashkil etilayotgan “Inkubatsiya va akseleratsiya” markazi universitetimizda dasturlashtirish ko‘nikmalarini o‘rgatish, startap loyihalar ustida jamoaviy ishlash, dasturiy mahsulotlar eksportini kengaytirish hamda IT-park rezidentlari bilan hamkorligini rivojlantirish va mahalliy shart-sharoitlarga mos dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishga qaratilgan muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

R. Shıxıev,

“Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari”

kafedrasi katta o’qituvchisi.

Foydali havolalar