Bugun 8-fevral kuni Chet tillari fakultetining Tarjima nazaryasi va amaliyoti kafedrasining 2-bosqich talabalari ustozlari Arzimbetova Sarvinoz va Erejepova Jamila rahbarligida o’zlarining ilk amaliyot kunlarini boshlab olishdi. Ular amaliyot yuzasidan «Amet va Ayimxan Shamuratovalar uy muzeyi»ga tashrif buyurishdi. Muzeyda Amet Shamuratov va Ayimxan Shamuratovaning shonli o’tmishi va ularning Vatanimiz sharafini ko’klarga ko’tarish uchun qilgan ishlari haqida ta’kidlab o’tildi.
Muzeyda deyarli mingdan ortiq eksponatlar mavjud bo’lib, bu eksponatlar haqida talaba yoshlarga ma’lumot berib o’tildi. Amaliyot davomida esa muzey rahbari Ayimgul Shamuratova bilan qizg’in suhbat bo’lib o’tdi. Suhbat davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga javob topishdi.



Chet tillari fakultetining 2-bosqich talabasi Shomurodova Mohira.