Shoira, tarjimon va jurnalist Dilafruz Obloqulova Singapurning “Dunyo madaniyat va san’ati jamiyati” hamkor davlatlarining O’zbekistondagi a’zosi sifatida saylandi.
Tashkilot barcha a’zolarga madaniyat va san’at sohasidagi o’zaro aloqalarni amalga oshirish imkonini yaratadi.
Hozirda FOWCAAS (Federation of world cultural & art society/Singapore) 135 ta mamlakat va mintaqalarda tashkilotlar va shaxslar bilan hamkorlik o’rnatgan.

Dilafruz Shuhrat qizi Buxoro viloyati, Peshku tumanida tug’ilgan. Hozirda Qoraqalpoq davlat universiteti Jurnalistika fakultetida tahsil oladi.
? Xalqaro mukofotlari:
– ?? Misrning «Taghrid Fayad»
– ?? Turkiyaning «Destek Ödülü»
– ?? Qozog’istonning «Abay», «Best young scientist -2021»
Shuningdek, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkiya, Ozarbayjon, Italiya, Hindiston, Misr Arab Respublikasi, Rossiya, AQSH kabi davlatlarning adabiyot, san’at va madaniyat hamjamiyatida o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

Universitet Matbuot xizmati