Talabalarning ilmiy maqolalari xalqaro ko‘rik tanlovi tashkil etilayotganligi haqida

  O‘zbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq Diplomatiyasi markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qilib, “ShHT mamlakatlari o‘rtasida ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashda xalq diplomatiyasining roli va imkoniyatlari” mavzusida talabalar ilmiy maqolalari xalqaro ko‘rik tanlovi tashkil etilayotganini ma’lum qildi.
        

 Ko‘rik tanlovda bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin. Ishtirok etish uchun hujjatlar va maqolalar 2022-yil 15-martdan 29-aprelgacha muddat oralig‘ida info@scocenter.uz veb-saytiga topshiriladi.
        
          Nomzodlar, tanlov mavzusiga mos ta’lim yoki ilmiy tadqiqot olib boruvchilar qatoridan tanlab olinib ularning ma’lumotlarini   O‘zbekistonda ShHTning   Xalq   Diplomatiyasi   markaziga   va     nusxasini    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish lozim.

Muddat: 2022 yil 12-mart.

Ilova: Ko‘rik tanlov nizomi – 6 bet.

Foydali havolalar