O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2022-yil 3-martdagi 36/27-483-sonli xatiga muvofiq, 2022-yil 30-mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan «Chet tillarini o‘rganishning turlicha yondashuvlari: muammo va yechimlar» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyada soha bo‘yicha faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin. Ilmiy-amaliy konferensiya to’plamida quyidagi masalalar yo’nalishida maqolalar qabul qilinishi ko’zda tutilmoqda:
– chet tillarini o’rganishda turlicha yondashuvlar;
– chet tillarini o’rgatishda muammo va yechimlar.
Ushbu konferensiya to’plamiga professor-o’qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistratura tinglovchilarining ilmiy ishlari natijalari bo’yicha ilmiy maqolalar qabul qilinadi.
AXBOROT XATI
Konferensiyaga taqdim etilayotgan ilmiy maqolalarga qo’yiladigan talablar va rasmiylashtirish tartibi:
– maqola va tezislar hajmi 3-6 bet to’liq hajmda, Microsoft Word, Times New Romanda 14 shriftda, 1,5 intervalda, chap tomondan 3 sm, o’ng tomondan 1,5 sm, yuqori va past tomondan 2 sm qoldirilgan holda yoziladi. Fayl nomlari muallif(lar)ning familiyasi bilan nomlanadi.
– tezis yoki maqola mavzusi bosh harflarda (14 shriftda) o’rtaga yozilib, keyingi satrda muallif(lar) ismi-sharifi, ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni, tel.raqami, elektron manzili (agar mavjud bo’lsa keltiriladi). Undan 1,5 interval pastda anno tats iya, kalit so’zlar yoziladi. Kalit so’zlaridan key in 1,5 interval pastdan xat boshidan tezis matni, so ‘ng matn xulosasi, undan so ‘ng pastdan adabiyotlar ro ‘yxati keltiriladi;
– matndagi ko’chirma oxirida iqtibos olingan adabiyotning ro’yxatdagi tartib raqami, sahifa nomeri kvadrat qavs ichida beriladi, masalan [3, 55];
– foydalanilgan adabiyotlar tezis oxirida alfavit tartibida keltiriladi;
– tezis va maqolalar elektron nusxada topshiriladi;
– tezis va maqolalar ingliz va rus tillarida qabul qilinadi;
– konferensiya materiallari elektron to’plam holida chop etiladi. Muallif(lar)ning familiya, ismi va sharifi, xizmat joyi, egallab turgan lavozimi va telefon raqami, electron manzili ko’rsatilgan holda konferensiya materiallari elektron shaklda 2022-yil 19-mart kuniga qadar quyidagi telefon raqamidagi telegram akkaunti orqali qabul qilinadi: +99894 603 43 69, Badalbayeva Malohat Yulchiyevna. Veb-sayt: akademiyafvv.uz. e-mail: akademiyafvv@umail.ru. Konferensiya tashkiliy qo’mitasi maqola, tezislarni saralashni о’z zimmasiga oladi. Tezis va maqolalarni chop etish bepul (muallif(lar)ga elektron shaklda pdf variantda yetkaziladi). Ko’rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallif(lar)ga qaytarilmaydi. Mazkur konferensiya Tashkiliy qo ‘mitasi kelib tushgan materiallarni tanlab olish huquqiga ega. Maqolaning saviyasi, imloviy va ishoraviy xatolari (matnning tahririy jihatlariga) uchun muallif(lar)ning о’z(lar)i mas’uldir.