2022 yil 31 mart kuni soat 1000da Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 raqamli Ilmiy kengash asosida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili) ixtisosligidan Bir martalik ilmiy kengash majlisi Axborot resurs markazi bosh studiyasi orqali onlayn shaklda bo’lib o’tadi.
Majlisda Nukus davlat pedagogik instituti mustaqil tadqiqotchisi Najimova Aysara Duysenbaevnaning «Ona tili darslarida o’quvchilarning nutqini o’stirishga xizmat qiluvchi mashqlar tizimi (ta’lim qoraqalpoq va o’zbek tillarida olib boriladigan boshlang’ich sinflar misolida» mavzusidagi pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan dissertaciya ishi himoyasi bo’lib o’tadi.