KAFERDAMIZNING BENAZIR O’QITUVCHISI

 

 

      Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi filologiya fanlari nomzodi, docent Nurumbetova Gulaim Ametovna harbir leksiya va seminar mashg’ulotlarida o‘z tajribasidan ko‘p narsalarni talabalarimizga o‘rgatadi, goh talabalarni ota-onasidek nazorat qiladi, gohida tengdosh sifatida hazillashadi.

       U mavzuni ham, topshiriqni ham do’stona tushuntirishga harakat qiladi. Chuning uchun ham o‘qituvchiga cheksiz hurmat va katta mas’uliyat sifatida har bir guruh darsga ijodiy yondashadi, topshiriqlarni interfaol tarzda bajarishga harakat qiladi. Bu esa ijobiy vaziyatlarni yaratib, talabalarning o’ziga ishonchini mustahkamlaydi.
     Qolaversa auditoriyadan tashqariga nazar tashlasangiz, ustozimiz adolatli, sodda, mehribon, yuksak insoniy fazilatlari bilan fidoyi, sadoqatli do‘st bo‘la oladigan inson ekanini ko‘rasiz.

   Har bir yosh kadr ustozimizdan o’rnak olib, maslahatlashib, dars o’tishi uslublaridan paydalanib, o’z tajribalarini boyitib borishlari mumkin.

 

 

Dauletova Dinara

Foydali havolalar