“Caspian StartUp-2022” tanlovi

       О‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Qozog‘iston Respublikasi Nazarboyev intellektual maktabi tomonidan yosh innovatsion avlodning ijodiy g‘oyalari hamda tadbirkorlik loyihalarini qо‘llab-quvvatlash maqsadida, 9-12-sinf maktab о‘quvchilari, akademik litsey, kollejlarning 1-2-kurs talabalari uchun xalqaro darajadagi “Caspian StartUp-2022” startap loyihasi musobaqasi о‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

        Musobaqa “Turmush tarzini yaxshilash uchun IT-startaplar”mavzusidagi loyiha doirasida “Turizm”, “Kelajak maktabi”, “Ijtimoiy muammolarni hal qilish” yо‘nalishlari bо‘yicha onlayn va offlayn formatda tashkil etiladi hamda musobaqada qatnashuvchi ishtirokchilar haqidagi ma’lumot 2022-yil 10-apreliga qadar qabul qilinadi.

      Shu munosabat bilan, mazkur musobaqada akademik litsey va professional ta’lim muassasalari о‘quvchilarini onlayn formatda qatnashishi tavsiya etiladi.

Batafsil ma’lumot http://www.caspianstartup.kz/ veb-saytida keltirilgan.

Foydali havolalar