«YER ISLOHOTI STRATEGIYASINING USTUVOR YO’NALISHLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR» MAVZUSIDAGI
XALQARO SIMPOZIUMI
«TIIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetining 2022-yil 1-apreldagi 01/64-09-13-728-sonli xatiga muvofiq, mazkur oliy ta’lim muassasasi tomonidan 2022 yil 23-25 may kunlari «Yer islohotlari strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar» mavzusida Xalqaro simpozium o‘tkazilishi belgilangan.
Maqolalar quyidagi asosiy mavzular bo’yicha qabul qilinadi:
-
- Yangi O’zbekiston sharoitida yer islohotining konsepsiyasi, uni tashkiliy-huquqiy ta’minlash mexanizmlari;
- Yer islohotining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o’sishni ta’minlashdagi vazifalari va xususiyatlari;
- Yer islohotining muhandislik asoslari, uni texnologik ta’minlash muammolari;
- Yerdan foydalanishda ekologik xavfsizlikni ta’minlash yo’nalishlari;
- Yer bozorini shakllantirishda milliy va xalqaro tajribalar, ularni O’zbekistonda qo’llash mexanizmlari;
- Yer islohotining investitsiya va hududlarni rivojlantirishga xizmat qilishini ta’minlash muammolari.
Simpozium hay’ati yuqorida keltirilgan anjuman mavzulariga oid yozilgan ilmiy maqolalarni qabul qiladi. Simpoziumda ilmiy maqolaning taqdimoti (prezentatsiya) yoki poster bilan ishtirok etish mumkin. Taqrizdan o’tgan va simpoziumga qabul qilingan ingliz tilidagi ilmiy maqolalar SCOPUS yoki Web of Science ilmiy bazalarida indekslangan ekspertlar tomonidan ko’rib chiqilgan jurnalda nashr qilinadi. Rus va o’zbek tilida yozilgan va ekspertlar tomonidan ko’rib chiqilgan boshqa maqolalar Хalqaro Simpozium maqolalar to’plamida chop etiladi.
Maqolalarni qabul qilish 2022 yilning 30 apreliga qadar amalga oshiriladi. (Murojaat uchun: A.Aliev, tel.: +99899 9533483).
Simpozium koordinatorlari:
Abdurashid Altiyev, giconferences2022@gmail.com,
Ilhom Abdurahmanov, giconferences2022@gmail.com, ilhom.isakovich@gmail.com
Simpozium kotibi:
Sayfuddin Sharipov, giconferences2022@gmail.com,
Akbarjon Xamraliyev, giconferences2022@gmail.com, khamraliyev@mail.ru
Tel.: +998999999110 (telegram bor)