Universitetimiz talabasi «Xalqaro Amir Temur Xayriya Jamoat Fondi»ning esdalik ko’krak nishoni bilan taqdirlandi

          Bugun 9-aprel mamlakatimizda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyida «Temuriylar Uyg’onish davri ohanglari: Vatanimni kuylayman» nomli respublika tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

 

          Temuriylar hayoti va faoliyatiga munosib izdosh bo’lish, uning ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do’stlik va totuvlikni mustahkamlash, Xalqaro diplomatik munosabatlarga qo’shgan munosib hissasi uchun Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti talabasi Obloqulova Dilafruz Shuhrat qizi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil, 14-martdagi 100-sonli qaroriga muvofiq «Xalqaro Amir Temur Xayriya Jamoat Fondi»ning esdalik ko’krak-nishoni bilan taqdirlandi.

 

 

          Aytish joizki, Dilafruz Misr Arab Respublikasining “Xalqaro Tagrid Fayad adabiy mukofoti”, Turkiya va Ozarbayjonning “Kültür ve Diplomasi Ödüllerri”, “Destek Ödülü”, Qozog’istonning “Abay”, Qirg’izistonning “Аалам Алкагы” medali va “Алтын Сыя” (Oltin Qalam) nishoni sovrindori bo’lgan. MDH davlatlari o’rtasida o’tkazilgan “The Best Scientist – 2021” tanlovining Jurnalistika yo’nalishida g’oliblikni qo’lga kiritgan. “Respublika Yosh olimlar Kengashi”, “Jahon iste’dodlari uyushmasi”, “Qirg’iz shoir-yozuvchilari jamoat fondi”, «Макмал Креатив» ijodiy uyushmasi hamda Singapurning “Jahon madaniyat va san’at jamiyati” Federatsiyasi a’zosi etib saylangan.

          Shuningdek, Ijodiy ishlari rus, ingliz, ispan, arab, italyan, hind, turk, ozarbayjon (ozar), qozoq hamda qirg’iz tillariga tarjima qilinib, Xalqaro antologiyalardan o’rin olgan.

 

 

UNIVERSITET AXBOROT XIZMATI

Foydali havolalar