Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi talabalar nigohida!

          Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi mazmun mohiyatini talaba yoshlarga yanada chuqurroq yetkazish maqsadida Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi mavzusida Sanaoat texnologiyasi fakulteti talaba yoshlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
         Uchrashuvga mehmon sifatida Respublika maʼnaviyat maʼrifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi ma’naviyatchilar jamiyati aʼzosi Mudofaa vazirligi nuroniylar Kengashi raisi Nurjanov Oʻserbay Oroqbayevich qatnashdi.
          Uchrashuv «2022-2026» yillarga moʻljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan savollar berilib atroflicha javoblar olindi va Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot strategiyasi mazmun mohiyati haqida soʻz yuritildi. Ushbu strategik yoʻnalishlarning kelajakdagi maqsad va mazmuni bayon etildi. Barcha talabalarga ushbu suhbat oʻz mazmuniga ega boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
           Chunki ona zamindagi har bir voqea va hodisalar yoshlar oʻrtasida talqin etilishi kerak va bu biz yoshlar uchun katta ahamiyatga egadir!

 

Sanoat texnologiyasi fakulteti talabasi.
Gʻayipbaeva Dinara.

Foydali havolalar