Qoraqalpoq davlat universiteti Matematika fakulteti Amaliy matematika va informatika, Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedralari professor-o’qituvchilari tomonidan Nukus shahridagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida olib borilgan ochiq darslar haqida ma’lumot
Qoraqalpoq davlat universiteti Matematika fakulteti Amaliy matematika va informatika, Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedralari professor-o’qituvchilari tomonidan Nukus shahridagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida ochiq darslar olib borildi. Jumladan, 2022 yil 19 aprel kuni Nukus shahridagi 2‑sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 8-sinf o’quvchilariga Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri, dotsent B.Samandarov va kafedra o’qituvchisi F.Ollamberganovlar tomonidan «Axborot jamiyati va unda sun’iy intellektning tutgan o’rni» mavzusida ochiq dars olib borildi.
Shuningdek, 2022 yil 18 aprel kuni Nukus shahridagi 17-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-sinf o’quvchilariga Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi dotsenti v.b. R.Utemuratov, Nukus shahridagi 46-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 9b-sinf o’quvchilariga Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi assistenti B.Geldibaev va Nukus shahridagi 18-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o’quvchilariga Amaliy matematika va informatika kafedrasi assistenti Q.Jalelovlar mazkur mavzuda darslar olib bordilar. Darslarda maktablarning informatika fani o’qituvchilari ham ishtirok etdi.
Professor-o’qituvchilar tomonidan olib borilgan darslarda asosan, zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlari va sun’iy intellekt bo’yicha asosiy tushunchalar berildi. Mashg’ulot vaqtida qisqa savol-javoblar olib borildi va o’quvchilar o’tilgan mavzu bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Natijada o’quvchilar bugungi kunda axborot texnologiyalarining imkoniyatlari va sun’iy intellekt bo’yicha asosiy tushunchalarga ega bo’ldi. Shuningdek, mashg’ulotlar davomida maktab o’quvchilarining zamonaviy axborot texnologiyalarining qo’llanilishi bo’yicha fikrlari tinglandi. Darslarda maktab o’quvchilari faol ishtirok etishdi.




