22-aprel “Butun jahon yer kuni”

Ma`lumki har yili 22-aprel “Umumjahon yer kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu kun sayyoramizni ekologik halokatdan asrashga chaqiriq, insoniyatni ogohlikka undash kunidir.  Mana bugunham bu ekologik sana munosabati bilan Qoraqalpoq davlat universitetida  “Bizning yer-bizning kelajak” shiori ostida katta tadbir tashkil etildi. Tadbirda  O`zbekiston Respublikasi davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmalari xodimlari, universitetimizning Biologiya va Tabiiy resurslar fakultetining professor o`qituvchilari va talaba yoshlar faol ishtirok etishdi. Tadbir  Qoraqalpoq davlat universitetining Madaniyat saroyida bo`lib o`tdi. Tadbir davomida qatnashchilarga maxsus kiyimlar oq futbolka va kepkalar tarqatilib, Biologiya fakultetidan madaniyat saroyigacha piyodalar marafoni tashkillashtirildi. Bundan so`ng esa talabalar tarafidan tayyorlangan fotogalereya va infografika, texnikaviy qurollar ko`rgazmasi tomosha qilinib, g`oliblar aniqlandi. Bundan tashqari professor o`qituvchilar va soha xodimlari talabalarga bugungi  ekologik sananing ahamiyati haqida bayonat taqdim qilishib, mazkur sohaga doir mutaxasislikda o`qiyotgan talabalarimiz endilikda Kadastr agentligi bilan uzviy bog`liqlikda ish olib borishini takidlab o`tishdi. Tadbir so`ngida faol qatnashgan talabalar  va tadbir g`oliblari 1-2-3-darajali diplom va sovg`alar bilan mukofatlandi. Tadbir universitetimizning istedotli qo`shiqchi va so`z ustalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.

Tayyorlagan:

Biologiya fakulteti “Ekologiya va tuproqshunoslik”

kafedrasi assistenti:  Aygerim Nag`ashibayeva

Foydali havolalar