«Sahro bulbullari nomini olgan adiblar»

Joriy yilning 27-aprel kuni Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori va universitet talaba-yoshlari Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi.

Tashrifchilar dastlab qoraqalpoq mumtoz adabiyotiga hissa qoʻshgan Berdoq Qargʻaboy oʻgʻli, Toʻlepbergen Qaypbergenov, Ibroyim Yusupov xaykallari poyiga gullar qoʻydi.

Bundan soʻng, Qoraqalpoq davlat universitetining jamoasi tomonidan tayyorlangan «Sahro budbullari nomini olgan adiblar» nomli bayram dasturi  boshlandi. Tadbir davomida Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov soʻzga chiqib, tadbirga tashrif buyurganlarga qoraqalpoq adabiyotining asoschilari Berdoq Qargʻaboy oʻgʻli, Toʻlepbergen Qaypbergenov, Ibroyim Yusupovlarning ijod yoʻllari bilan ma’naviy meroslarini yodga oldi va ularning adabiyotimiz rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi haqida toʻqtaldi.

Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad – kelajak avlodni Ona-Vatanga, xalqqa muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, qardosh xalqlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirish hamda oʻsib kelayotgan yoshlarga buyuk adiblarimizning adabiy meroslarini tushuntirish, ularni omma orasida kengiroq targʻib qilishdan iborat.

Bayram tantanalari «Adiblar xiyoboni»da Qoraqalpoq davlat universitetining faol talaba-yoshlari va «Hurliman» xalq ansambli tomonidan Berdoq Qargʻaboy oʻgʻli, Toʻlepbergen Qaypbergenov, Ibroyim Yusupovlarning  hayoti va ijodi boʻyicha tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi va unda universitet talaba-yoshlari tomonidan adiblar ijodidan namunalar sahna koʻrinishlarda koʻrsatildi.

Foydali havolalar