O‘zbekiston – umumiy uyimiz

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Shu asosda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Millatlararo do‘stlik va birdamlik munosabatlarini mustahkamlash, barcha millatlarning o‘z qadriyatlarini saqlab qolishi uchun teng sharoitlar yaratib berish, milliy madaniy markazlar faoliyatini kuchaytirish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish borasidagi xayrli ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

Bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiyatosh tumanidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham  yuqori saviyada o‘tkazildi. Ta’dbirni maktab direktori Sh.Gayliyev ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani f.f.f.d.(PhD) M.Kurbaniyazov, Turkman tili va adabiyoti kafedrasi mudiri f.f.d. (DSc) O.Gayliyevalar so‘zga chiqdi va ma’ruza qildilar. Tadbir talaba yoshlar va maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari bilan ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha

dekan muovini G‘.Urazbayev

Foydali havolalar